Mirsafayev va Djolamanov tuman prokurorligiga tushirildi, Muhammedjanov tizimdan bo‘shatildi

Shu yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘zgarishi ortidan tizimda, ayniqsa, markaziy mahkamaning qator boshqarma boshliqlari birin-ketin lavozimidan ozod etilgani ma’lum.
Bunday o‘zgarishlar favqulodda holatmi? Endilikda sobiqqa aylangan boshqarma boshliqlari faoliyatini tizimda davom ettirmoqdami yoki butunlay chetlatilganmi?
Yuqoridagi savollar bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga quyidagilarni ma’lum qildi: «Prokuratura tizimida kadrlar rotatsiyasiga favqulodda holat sifatida qaralmaydi, bu kadrlar siyosatida kuzatiladigan odatiy jarayonlardan biri. Bundan maqsad korrupsion holatlarning oldini olish, prokuratura organlarida sog‘lom muhitni yaratish, davlat rahbari tomonidan prokuratura organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish maqsadida kadrlar salohiyatidan unumli foydalanishdir.
Ikkinchi savolga kelsak, J.Mirsafayev (kadrlar boshqarmasi sobiq boshlig‘i) va N.Djolamanov (ichki xafsizlikni ta’minlash boshqarmasi sobiq boshlig‘i) tuman prokurori lavozimiga tayinlangan, markaziy mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi sobiq boshlig‘i Sh.Muxammedjanov esa tizimdan bo‘shatilgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter