Namanganda 93 yoshli ayolga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi
Namanganda 93 yoshli ayolga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi. Bu haqda Namangan viloyati adliya boshqarmasi xabar berdi.
Chust tumanida yashovchi Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaning murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotlarini tiklash yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, sudga murojaat qilindi.
Sud tomonidan Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaning 1933-yil 2-mart kuni tug‘ilganlik fakti belgilandi.
Shundan so‘ng fuqaroga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter