Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda tulki sotuvchisi ushlandi

Namanganda tulki sotuvchisi ushlandi

Bir muddat muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda tulki sotilishi haqida e’lon berilgan edi. 2020 yil 25 aprel kuni ushbu e’lon egasi aniqlandi va qo‘lga olindi.

Tulki sotaman deb chiqqan fuqaro Uychi tumani Xizirobod MFY da yashovchi Xoshimov Nozimjon bo‘lib chiqdi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Uychi tumani inspeksiyasi bioxilmaxillik va tabiiy xududlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Saidov va davlat inspektori O. Boltaboyevlar tomonidan huquqbuzardan tegishli ravishda tushuntirish xati olindi, dalolatnomalar to‘ldirilib, chaqiruv xati berildi.

Bir dona tulki bolasi ozodlikka qo‘yib yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring