Navoiyda 5 ta zamonaviy davlat xizmat ko‘rsatish markazlari qurilmoqda

Ayni damda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun Navoiyda ikkita markaz zamonaviy va barcha qulayliklarga ega binoda fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu ikki markazlar Navoiy shahri va Konimex tumanida joylashgan.
Endilikda Navoiy viloyatining 5 ta hududi — Nurota, Uchquduq, Xatirchi, Navbahor, Qiziltepa tumanlarida ham xizmat ko‘rsatish markazlarini qurish ishlari boshlangan.
Uchquduq tumanida ajratilgan 0,30 gektar yerga mahalliy budjet hisobidan bino tiklanib, mazkur ob’yektda «Ko‘xinur-2018» MChJ quruvchilari mehnat qilmoqda. Xuddi shunday Nurota tumanida ham yangi qurilish ishlari boshlanib, mazkur bino ham mahalliy budjet hisobidan tiklanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter