Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muruntov koniga sayohat va taniqli jurnalistlardan master-klass (foto)

Muruntov koniga sayohat va taniqli jurnalistlardan master-klass (foto)

O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida «Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik» mavzusida birinchi respublika mediaforumi bo‘lib o‘tmoqda.

25-30-mart kunlariga mo‘ljallangan besh kunlik forum doirasida respublikadan kelgan jurnalist va blogerlar Navoiy viloyatining muqaddas qadamjolari, sanoat korxonalarini o‘rganib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishmoqda. Mediaforumning to‘rtinchi kuni dunyodagi eng katta kon, Ginnes rekordlar kitobiga kirgan «Muruntov» konida tashrif buyurildi. Quyida kon haqida qiziqarli faktlarni havola etamiz.

«Muruntov» koni kareri hajm jihatidan dunyoda eng katta hisoblanadi. Uning chuqurligi hozircha 630 metr. Kelgusida yer qa’rining 1080 metrdagi bag‘ridan ham ruda olish rejalashtirilgan.

Oltinli ruda yerning 2 ming metrgacha qatlamida hosil bo‘lar ekan.

Kondan tepaga xomashyo-ruda tashib chiqaradigan pahlavon avtomashina - «Belaz»ning og‘irligi 180 tonna, yuki bilan esa 400 tonna.

«Muruntov» konining 121 ta «Belaz»i bor. Ularning konga tushib chiqish masofasi 20 kilometr. Ya’ni chuqurligi 630 metrlik konning aylanma yo‘llari ana shunday uzunlikda.

Mediaforumning uchinchi kuni Yoshlar markazidagi media markazda O‘zbekistonda xizmati ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, deputat Rasul Kusherbayev, «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov, «Hurriyat» gazetasi bosh muharriri Abdurasul Jumaqulov tadbir ishtirokchilari uchun mahorat darslarini o‘tishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring