Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev tojikistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev tojikistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Bosh prokurorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi Bosh prokuratura delegatsiyasi Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev va Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori Yu.Rahmon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar idoralararo munosabatlar, shuningdek ikki davlat chegara oldi hududlari prokuraturalari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev o‘zaro manfaatli sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki mamlakat prokuratura organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik ijobiy dinamika kasb etayotganligini ta’kidlab, 2022-2023 yillarga mo‘jallangan Bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlik dasturi bunga yaqqol misol bo‘lishini aytib o‘tdi.

Uchrashuv konstruktiv muloqot, o‘zaro tushunish, ishchanlik va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi, uning yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring