O‘g‘il onasining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi I.Yu. mast holda uyida birga yashagan onasi nafaqaxo‘r K.A.ning bosh va yuz qismlariga urib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada K.A. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 10-dekabr kuni vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter