Olmazor tumaniga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2020-yil 7-martdagi buyrug‘i bilan Oybek Melsovich Mannanov Toshkent shahar Olmazor tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
O.Mannanov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy-huquqshunos, 2009-yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2017-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Toshkent shahar Yashnobod tumani prokuraturasida boshlab, keyinchalik shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2020-yilning fevral oyidan buyon Toshkent shahar prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter