Olot tumanida 8,5 milliard so‘mlik zamonaviy sayilgoh barpo etilmoqda (foto)
Buxoro viloyatining Olot tumanida infratuzilmani yangi bosqichga olib chiquvchi yirik loyiha boshlandi. «Amu-Buxoro» kanalining «Xalifa» va «Jayxunobod» mahallalari hududidan o‘tuvchi qismida yangi sayilgoh barpo etilmoqda.
Olot tumani hokimligi mas’ul xodimi Shahobjon Sharopovning «Xabar.uz»ga bildirishicha, mazkur ishlar uchun 8 milliard 510 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bunyodkorlik ishlari «Vobkent mukammal qurilish» MChJ ishchi va mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.
Rejaga ko‘ra, kanalning 3 kilometrlik sohili obodonlashtirilib, go‘zal hordiq maskaniga aylantiriladi. Bu yerda manzarali daraxtlar ekilib, piyodalar va velosipedlar uchun yo‘laklar, bolalar hamda sport maydonchalari quriladi, zamonaviy yoritish va sug‘orish tizimlari o‘rnatiladi. Yangi ko‘prik solinib, kanal atrofi xavfsiz hududga aylantiriladi.
Laylo Hayitova


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter