Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Omborlarda katta miqdorda tibbiy jihozlar foydalanmay yotgani aniqlandi

Omborlarda katta miqdorda tibbiy jihozlar foydalanmay yotgani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Qurilish, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holati tanqid qilingan.

Xususan, sog‘liqni saqlash tizimida xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida xarid qilingan 161,1 mlrd. so‘mlik 629 ta tibbiy jihozlar foydalanilmasdan olti oydan ikki yilgacha bo‘lgan muddatda omborlarda saqlangan.

Mahalliy budjet hisobidan dori-darmon sotib olish xarajatlari uchun 84,6 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, ayrim tibbiyot muassasalarida ajratilgan mablag‘lar yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmagan.

Shuningdek, investitsiya dasturiga kiritilgan ob’yektlarning qurilish-ta’mirlash ishlarini loyihalashtirish va ishlarni bajarishda 5 trln. so‘mlik 783 ta ob’yekt belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring