Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onkologiya va radiologiya markaziga xorijlik mutaxassis rahbar etib tayinlandi

Onkologiya va radiologiya markaziga xorijlik mutaxassis rahbar etib tayinlandi

Foto: SSV matbuot xizmati.

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Kaya Sedat Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori etib tayinlandi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

S.Kaya dastlab Anqara universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Keyinchalik Onadolu universitetida biznes boshqaruvi, Otaturk universitetida tibbiyot muassasalarini boshqarish yo‘nalishlarida bakalavr hamda Sakariya universitetida sog‘liqni saqlashni boshqarish yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomlagan.

Xorijlik mutaxassis 2011 – 2018- yillarda Sakariya universitetining klinik shifoxonasi va Sakariya davlat shifoxonalari Ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Sakariya sog‘liqni saqlash boshqarmasi vitse-prezidenti hamda boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Yangi rahbar zimmasiga O‘zbekistonda onkologiya xizmatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, sohada zamonaviy menejmentni yo‘lga qo‘yish, xorij tajribasi asosida eng so‘nggi tashxis va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish, joylarda skrining tadbirlari qamrovini yanada kengaytirish, shuningdek, sohaga sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, tizimni to‘liq raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta’minlash, tibbiy turizmni rivojlantirish hamda yosh kadrlarning bilim va salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bir qator vazifalar yuklandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring