O‘zbekiston aholisining uy bilan ta’minlanganlik darajasi e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etgan.
Eng yaxshi natija Navoiy va Xorazm viloyatlarida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 0,4 kvadrat metrga oshgan.
Hududlar kesimida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi:
-Navoiy viloyati – 27,4 kv. m
-Xorazm viloyati – 24,1 kv. m
-Toshkent shahri – 22,9 kv. m
- Toshkent viloyati – 22 kv. m
- Farg‘ona viloyati – 20,1 kv. m
- Samarqand viloyati – 20 kv. m
- Sirdaryo viloyati – 19,8 kv. m.
- Qoraqalpog‘iston R. – 17,6 kv. m
- Jizzax viloyati – 17,4 kv. m
- Buxoro viloyati – 17,2 kv. m
- Namangan viloyati – 16,6 kv. m.
- Qashqadaryo viloyati – 16,4 kv. m
- Andijon viloyati – 15,8 kv. m
- Surxondaryo viloyati – 13,4 kv. m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter