Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston etnik qozoqlarning ko‘chib ketishi bo‘yicha birinchi o‘rinda

O‘zbekiston etnik qozoqlarning ko‘chib ketishi bo‘yicha birinchi o‘rinda

Foto: Gov.kz

5,6 ming nafardan ziyod etnik qozoq 2022-yil boshidan beri kandas (qondosh, vatandosh) maqomiga ega bo‘ldi, deya ma’lumot berdi Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.

1-iyunga kelib, tarixiy vataniga qaytgan va fuqarolik olgan etnik qozoqlar soni 5 679 nafarni tashkil etdi. 1991-yildan to hozirgacha 1 mln 93,5 ming nafar etnik qozoq Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan.

Vazirlik yil boshidan beri Qozog‘istonga kelib o‘rnashgan etnik qozoqlar qaysi mamlakatlardan ekanini ham ochiqladi:

  • O‘zbekiston — 68,7 foiz (3 901 nafar)
  • Xitoy — 10,4 foiz
  • Turkmaniston — 8,8 foiz
  • Mo‘g‘uliston — 2,6 foiz
  • Boshqalar — 9,5 foiz.

Mavzuga oid: O‘zbekistonni tark etgan zobit Qozog‘istonda amaldor bo‘ldi


Ko‘chib kelganlarning 63,2 foizi — mehnat layoqatiga egalar, 22,8 foizi — voyaga yetmaganlar, 14 foizi — pensionerlar.

Qozog‘istonga ko‘chib kelgan qozoqlarning ta’lim darajasi:

  • Oliy ma’lumotlilar — 11,4 foiz
  • O‘rta-maxsus ta’lim — 40,3 foiz
  • Umumiy o‘rta ta’lim — 46,6 foiz
  • Ta’lim olmaganlar — 1,7 foiz.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring