Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk marta plogging o‘tkazildi (foto)

O‘zbekistonda ilk marta plogging o‘tkazildi (foto)

Foto: Nargis Qosimova.

2022-yil 12-may kuni Toshkent viloyatida Xalqaro ekologik ta’lim kuni doirasida plogging o‘tkazildi.

Plogging - Shvetsiyada 2016-yili ekolog Erik Alstrom tomonidan asos solingan. Yugurish davomida chiqindi terib ketiladi. Ham sog‘liqqa, ham tabiatga foyda. Hozir plogging Yevropa davlatlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazildi.

Tashkilotchilar Ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash qo‘mitasi, Ekologik partiya, Ekolog.uz sayti va O‘zDJTU Media va kommunikatsiya fakultetining dekanatidir. Eng ko‘p chiqindi yiqqan talabalarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring