Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Kartoshka yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

O‘zbekistonda Kartoshka yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

Foto: «dachnaya-zhizn.ru»

O‘zbekistonda urug‘lik kartoshkasini yetishtirishni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga asosan, manfaatdor tashkilotlarning Kartoshka yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Assotsiatsiyaning asosiy vazifalaridan biri respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.

Tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Qo‘rg‘ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq tumanlari urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkani yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring