Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha strategiya tasdiqlandi

O‘zbekistonda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha strategiya tasdiqlandi

Hukumat qarori (299-son, 12.04.2019-y.) bilan «2015-2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi» maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Strategiyaning bosh maqsadi 2030-yilgacha ofatlar natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar sonini, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zararni keskin kamaytirish uchun aholi va hududlarni ofatlardan kompleks himoya qilishni kuchaytirishdir.

Quyidagilar ofatlar xavfini kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • ofatlar to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish;
  • ofatlar xavfini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
  • ofatlar xavfini kamaytirish tadbirlariga investitsiyalar kiritish;
  • ofatlar yuz berganda harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish.

Strategiyani amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 2019-2022-yillar;

2-bosqich: 2023-2026-yillar;

3-bosqich: 2027-2030-yillar.

Har bir bosqich bo‘yicha Strategiyaning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini hal qilishga qaratilgan rejalar ishlab chiqiladi.

Qaror bilan, Strategiyani 2019-2030-yillarda amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Rejaga muvofiq, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yetkazishi mumkin bo‘lgan zararni baholashning metodologik asoslari ishlab chiqiladi.

Ofatlar xavfi sug‘urta qilib boriladi hamda turizm ob’yektlarining xavfsizligini ta’minlash takomillashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring