O‘zbekistonda qancha afg‘onistonlik qochoq borligi ma’lum qilindi

Ayni damda 150 nafarga yaqin afg‘onistonlik qochqin O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Bu haqda AOKAda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari katta maslahatchisi Frank Remus ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
«Men bir narsani ilk bor OAVga ochiqlamoqchiman: o‘sha vahimali 14-15-avgust kunlari Amudaryodan suzib o‘tgan 150 yaqin afg‘onistonlik Termizda bo‘lib turibdi. O‘zbekistonda qolayotgan afg‘onistonlik qochqinlar yurtiga majburan qaytarilmaydi», — dedi Ismatilla Ergashev.
Ta’kidlanishicha, Tolibon hukumati qochqinlar qaytsa va davlatiga xizmat qilsa, ularni kechirishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter