O‘zbekistonda nega o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payib borayotgani aytildi
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha tez yordam chaqiriqlari kamaydi. Biroq shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab kuzatilayotgan ob-havoning o‘zgaruvchanligi tez tibbiy yordam xizmatiga o‘tkir respirator kasalliklarga chalinish holatlari bo‘yicha murojaatlar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda SSV ma’lumot berdi.
Raqamlarni tahlil qilsak, 2022 yil aprel oyining 25 sanasigacha yurtimizda «103» xizmatiga jami 799 ming 217 ta chaqiriq kelib tushdi. Shundan 787 ming 643 nafar bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, 75 ming 226 nafari gospitalizatsiya qilindi.
Taqqoslash uchun aytsak, 2021 yilning ayni shu davrida «Tez yordam»ga jami 773 ming 41 ta murojaat bo‘lib, 762 ming 549 nafar bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va 72 ming 614 nafari shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan edi.
Aprel oyining o‘tgan davrida eng ko‘p murojaat Farg‘ona (90 ming 721 ta), Andijon (86 ming 673 ta) va Toshkent viloyatlari (79 ming 681 ta) hamda Toshkent shahrida (75 ming 855 ta) qayd etildi. Eng kam chaqiriqlar esa Sirdaryo (28 ming 267 ta) hamda Navoiy viloyatlari (25 ming 97 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter