Prezident Administratsiyasi xodimi yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiyev rahbarlik qiladi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
48 yoshli Sanjar Valiyev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.
U nemis va ingliz tillarini biladi.
Sanjar Valiyev 2019-2023 yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi 2016 yilda tashqi siyosat, xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter