Prezident dehqon va fermerlar bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi «Ismoil Nozim obod» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. G‘alla o‘rimini, g‘o‘za holatini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat dehqon va fermerlari bilan suhbatda g‘alla hosilini yig‘ib olish, g‘o‘zadan kafolatlangan hosil yetishtirish, takroriy ekinlar ekish zarurligi ta’kidlandi.
«Dehqonchilikda yil yilga o‘xshamaydi. Hosildan, daromaddan umidvor fermer har bir niholni «sizlashi» kerak. Barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sidqidildan bajarishi zarur», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qishloq xo‘jaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda suvdan omilkorlik bilan foydalanish, bozorbop ekinlar ekish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter