Prezident farmatsevtikadagi o‘yinlar haqida gapirdi
Uch yil avval onkologik bemorlarni kimyo va target terapiyasi uchun 29 turdagi preparat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan edi.
Lekin, bu dorilar ayrim hollarda joylarga o‘z vaqtida, to‘liq yetkazib berilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, budjetdan yetarli mablag‘ ajratilmoqda.
Oqibatda ba’zi bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olishga majbur.
«Mana – farmatsevtikadagi o‘yinlar! Bu faqat onkologiyada. Endokrinologiya, kardiologiya, shoshilinch xizmatda ham bunday faktlar yetarli», — dedi davlatimiz rahbari.
Bosh prokuraturaga onkologik preparat ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, dorixonalar, qo‘lda sotuvchilarni, umuman barcha ishtirokchilarni tartibga keltirish, joylarga yetib bormagan 17 turdagi preparat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, jazo muqarrarligini ta’minlash topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga oylab omborlarda turgan, ruxsati haligacha chiqmagan dorilarni xatlov qilib, bu masalada tartib o‘rnatish, davlat xaridlari orqali olingan dorilarni «buyurtmachi – xaridor – yetkazib beruvchi – bemor» zanjiri asosida shaffof marshrut tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter