Qarish jarayonini sekinlashtirishning yangi yo‘li topildi
AQShning Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari esa qarish jarayonini sekinlashtirishning yangi yo‘lini topdi. Yana ham aniqrog‘i, odamlar bunga oziq-ovqat mahsulotlari orqali qabul qilinadigan kaloriyani cheklash yo‘li bilan erishishlari mumkin.
Dastlab tadqiqot jonivorlarda sinovdan o‘tkazildi va natija kutilganidek muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Navbatdagi bosqichda klinik tajribaga 220 nafar sog‘lom erkak va ayol jalb etildi. Birinchi guruhga mo‘ljallangan ovqatlanish ratsioniga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi. Ikkinchi guruh taomnomasidan joy olgan xuddi shu mahsulotlar esa 25 foiz kamroq kaloriya bilan taqdim etildi.
Sinov ikki yil davom etdi. Kuzatuv boshida, o‘rtasida va oxirida ishtirokchilardan qon namunalari olindi. Shu tariqa olimlar yoshga qarab o‘zgaradigan va qarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi leykotsitlarning DNK tahlilini o‘rganishdi.
Yakunda ikkinchi guruhga jalb qilingan kishilarda qarish darajasi birinchi guruhga nisbatan 2-3 foizga pasaygani ma’lum bo‘ldi. O‘z navbatida, bu sekinlashuv o‘lim xavfining 10-15 foizga kamaytirishi aniqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter