Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida davlatning 1.35 mlrd so‘miga bayroq o‘rnatilmaydigan bo‘ldi

Qarshida davlatning 1.35 mlrd so‘miga bayroq o‘rnatilmaydigan bo‘ldi

Avvalroq O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Qarshi shahridagi Mustaqillik maydonida balandligi 62,5 metrga teng bayroq o‘rnatilishi, mazkur flagshtok ustunining o‘ziga 1,35 milliard so‘m sarflanishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ayni patda koronavirusdan davolanayotgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bu borada o‘z fikrini bildirdi.

«O‘zim davolanishda bo‘lganim sababli, shifoxonada ushbu xabarni o‘qib qoldim. Bu kabi qurilish ishlariga o‘zim ham qarshiman.

O‘zim ham har kuni aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tuman va shaharlarda bo‘laman. Yaqinda Qarshi shahridagi 136-sonli oilaviy yotoqxonaga borib uysiz fuqarolarimizni majburlikdan xarobaga aylangan binoda qo‘nim topgani meni qiynadi. Men bilan hamroh bo‘lib borgan rahbarlarni ham ozroq bo‘lsada vijdoni qiynalgan bo‘lsa kerak. Ayrimlari hayot sinovlarini yengib o‘ta olmagan bo‘lsa ham, ularning shirindan-shakar farzandlarida nima gunoh? Ular ham baxtli yashashga haqli.

Ushbu xaroba yotoqxonani ta’mirlash uchun 2.5-3 mlrd. atrofidagi mablag‘ni manbasini qayerdan topishni bilmay turgandim. Ustun uchun sarflanayotgan 1.350 mlrd. so‘mni ushbu yotoqxona ta’miriga yo‘naltiramiz. Qolgan so‘mmani ham manbasini topib, ushbu yotoqxonani katta tantana bilan topshiramiz. Mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga ustun emas, fuqarolarimiz uchun shinam xonadonlar tuhfa qilamiz.

Ustun masalasiga kelsak, biror homiy tomonidan ixtiyoriy qo‘llab-quvvatlansagina quriladi. Davlat budjetidan mablag‘ sarflanmaydi», deya qayd etdi hokim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring