Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri almashdi

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri almashdi

Foto:«O‘zA»»

Annaqulov Baxitbay Qidirbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ish boshladi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

B.Annaqulov bundan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi urug‘chilikni rivojlantirish markazi boshqarmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Ungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrokimyo stansiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yil qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bo‘linib, ikkita alohida vazirlikka aylantirilgan edi. Suv xo‘jaligi vaziri sifatida avval Quyi Amudaryo irrigatsiya tarmoqlari havzasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Jalg‘as Uzaqov faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring