Samarqanddagi qurilishlarda sifatsiz plitalar ishlatilgani aniqlandi
Samarqanddagi qurilishlarda sifat guvohnomasi bo‘lmagan plitalar ishlatilgani aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.
Ko‘p xonadonli uy-joylarni barpo etishda sifatli va talab darajasidagi qurilish materiallari (beton, plita, g‘isht, armatura va boshqalar) ishlatilishini tahlil qilish maqsadida Samarqand shahridagi qurilish ob’yektlarida inspeksiya hamda tegishli tashkilotlar ishtirokida tahlillar olib borilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, qurilish uchun ishlatilgan materiallar muvofiqlik sertifikatisiz, sifat guvohnomalarini rasmiylashtirmagan holda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilmoqda.
Jumladan, «Sog‘da qurilish» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan PB 42.5x12, 42.5x10 markali, «SAM VP» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan PK 3.3 x12 markali yopma plitalarga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmasdan realizatsiya qilingan.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish olib borildi va korxonalarga ogohlantirish xati yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter