Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marko Rubio Samarqandga 200 dan ortiq amerikalik ishbilarmon bilan kelyapti

Marko Rubio Samarqandga 200 dan ortiq amerikalik ishbilarmon bilan kelyapti

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 17–22 oktyabr kunlari O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyuradi. U Samarqand, Mumbay va Jamnagar shaharlarida bo‘ladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti 13 oktyabr kuni ma’lum qildi.

Tashrif doirasida Marko Rubio Samarqandda C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Mazkur diplomatik platforma AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida strategik hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan.

AQSh Davlat kotibi, shuningdek, C5 mamlakatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonning yuqori lavozimli rasmiylari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Marko Rubio tashrif davomida 200 dan ortiq biznes vakilidan iborat AQSh tijorat delegatsiyasiga rahbarlik qiladi. Vashington ushbu tashrifni AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati sifatida baholamoqda.

O‘zbekistondan keyin AQSh Davlat kotibi Hindistonga yo‘l oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring