Samarqandda ta’lim boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mdan oshiq pulni talon-toroj qildi
Samarqand viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilib, 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter