Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyor sudda 8 nafar mahkum muddatidan avval ozodlikka chiqarildi

Sayyor sudda 8 nafar mahkum muddatidan avval ozodlikka chiqarildi

Foto: «Xabar.uz»

Bahorning ikkinchi kunida jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi navbatdagi ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazdi.

Navoiy viloyati IIB jazoni ijro etish bo‘limi 12-son jazoni ijro etish koloniyasi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida o‘ndan ortiq mahkumlarning jinoyat ishlari ko‘rib chiqildi.

Sud yakuniga ko‘ra, muqaddam o‘g‘rilik, firibgarlik ko‘rinishidagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun jazo o‘tayotgan olti nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Ikki nafar mahkumga nisbatan jazo muddati yengilroq turdagisi bilan almashtirilishi natijasida ular ham ozodlikka chiqarildi. Shuningdek, sud majlisida qattiq rejim tartibini o‘tayotgan 5 nafar mahkumning saqlash sharoiti o‘zgartirilib, jazoni o‘tash uchun manzil-koloniyasiga o‘tkazildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudining raisi Dilnoza Xonbo‘tayevaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sud qonunlarda belgilangan bag‘rikenglik va insonparvarlik me’yorlari, shuningdek, mahkumlarning o‘rnatilgan tartib-qoida talablariga rioya qilib, mehnatga halol munosabatda bo‘lganidan kelib chiqib, shunday to‘xtamga keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring