Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Selfi qurbonlari o‘n yilda qariyb 400 nafarga yetdi

Selfi qurbonlari o‘n yilda qariyb 400 nafarga yetdi

Illyustrativ foto

Bild nashri jurnalistlari aniqlashlaricha, 2014-yildan 2023-yilga qadar 49 mamlakatda selfi tushish payti 399 kishi halok bo‘lgan.

Shuning qariyb yarmi Hindistonga to‘g‘ri keladi — ko‘rsatilgan davrda 190 nafar hindistonlik selfi qurboniga aylangan.

Keyingi o‘rinlarda katta farq bilan AQSh (29 nafar qurbon) va Rossiya (18).

2022-yilda Hindistonning Jaypur shahri yaqinidagi Amber forti minorasida selfiga tushish payti chaqmoq urishi oqibatida bir paytning o‘zida 11 kishi halok bo‘lgan.

2021-yilda Indoneziyada ko‘pchilik bo‘lib selfi tushish payti qayiq ag‘darilib ketib, 9 inson suvga g‘arq bo‘lgan.

Selfiga ishqibozlik oqibatida hayotdan erta ko‘z yumganlar, afsuski, O‘zbekistonda ham bor. 2018-yilda Toshkentda maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2019-yilda esa Toshkentdagi kollej o‘quvchisi poyezd vagoniga chiqib selfi olishda yuqori kuchlanishli tok urib nobud bo‘lgan. Bundan tashqari, selfi payti og‘ir tan jarohati olganlar ham O‘zbekistonda talaygina.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring