Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sharqona lotto» g‘olibi «Lacetti» avtomobilini qabul qilib oldi

«Sharqona lotto» g‘olibi «Lacetti» avtomobilini qabul qilib oldi

«Sharqona lotto» lotereyasi «36 dan 6» o‘yinining 171-yutuqlar tirajining kichik «JACKPOT»i g‘olibi o‘z yutug‘i — «Lacetti» avtomobilini qabul qilib oldi.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi yana bir omadli hamyurtimiz Tursunqulov Akmaljon anchadan buyon yaxshi niyat va ishonch bilan «Sharqona lotto» lotereyasini o‘ynab kelgan. Bugun ana shu ezgu istaklar ro‘yobga chiqib, u kishi «Sharqona lotto» lotereyasining 171-tiraji kichik «JACKPOT»ida o‘ynalgan «Lacetti» avtomobilini qo‘lga kiritdi.

G‘olibimizning aytishicha, shu kungacha Xalq banki lotereyalarini o‘ynab zarar ko‘rmagan, aksincha foyda ko‘rib kelgan. «Ko‘pincha 7 ta yoki 8 talik raqamlar belgilab chiptamni ro‘yxatdan o‘tkazaman, shuning uchun bo‘lsa kerak, bir necha marta «JACKPOT»dan keyingi kategoriyalarni yutib kelganman», — deb ta’kidladi qahramonimiz.

Ma’lumot o‘rnida, qahramonimiz raqamlarni belgilashda bir safar toq sonlarga, keyingi safar esa juft sonlarga ko‘proq e’tibor qaratar ekan.

Siz ham Xalq banki lotereyalarini o‘ynang va omad aynan sizga kulib boqishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring