Shavkat Mirziyoyev Ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev hamda Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari hamda Vengriya bosh vaziri 2-sentyabr kuni Issiq-ko‘l bo‘yida bo‘lib o‘tadigan ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda «Sputnik».
«Ko‘chmanchilar o‘yinlari» xalqaro musobaqasi bu yil Qirg‘izistonda uchinchi marotaba bo‘lib o‘tadi. Issiq-ko‘l yonida bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqalarda dunyoning 80 mamlakatidan 3 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etadi. Jumladan, O‘zbekistondan ham 108 nafar sportchi ushbu musobaqalarga tashrif buyurishadi.
Ushbu xalqaro tadbir dastlab 2014-yilda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev tashabbusi bilan o‘tkazilgan edi. Musobaqa doirasida turli etnografik tadbirlar, konsert dasturlari hamda tanlovlar ham tashkil qilingan.
Ayni damda musobaqaga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda. Jumladan, yuqori tog‘ bag‘rida joylashgan Kirchin shaharchasida ham musobaqaga tayyorgarlik avjida. Bu yerda etnofestival bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas