Shifokor mandarinning o‘ta foydali xususiyatlarini ochiqladi
Mandarin nafaqat yangi yil dasturxonining ajralmas qismi, balki ko‘p miqdorda S vitamini va boshqa foydali moddalar manbai hamdir, deydi rossiyalik bolalar endokrinologi Darya Gubareva.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 100 gramm mandarin tarkibida immunitet tizimining to‘g‘ri ishlashi va kollagen sintezi uchun zarur bo‘lgan S vitaminining sutkalik ehtiyojining yarmidan ko‘pi bor.
Gubarevaning qo‘shimcha qilishicha, mandarinlar B guruhi vitaminlari, xususan, tiamin, riboflavin va niatsinga boy. Ushbu moddalar hujayralarning to‘g‘ri ishlashi va rivojlanishiga yordam beradi. Ushbu sitrus mevada tabiiy antioksidant bo‘lgan Ye vitamini va ko‘rish va immunitet uchun yaxshi bo‘lgan A vitamini ham mavjud.
Mandarin tarkibidagi fosfor tish va suyaklarni mustahkamlaydi va inson organizmida energiya hosil bo‘lish jarayonlarida ishtirok etadi.
Shu bilan birga, shifokor kuniga uch-beshtadan ko‘p bo‘lmagan mandarin iste’mol qilishni maslahat beradi, chunki bu meva juda ko‘p miqdordagi shakarni o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter