Suyak va tishlarga zarar: shifokor qahvaxo‘rlarni ogohlantirdi
Qahvani ortiqcha iste’mol qilish tish va suyaklarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Endokrinolog Zuxra Pavlovaning aytishicha, ichimlikning sutkalik dozasi kuniga bir yoki ikki chashka bo‘lishi kerak, bu miqdor salomatlik uchun xavfsizdir.
Endokrinologning so‘zlariga ko‘ra, qahva tarkibida oziq-ovqatdan olinadigan kalsiyning organizm tomonidan so‘rilishini bloklaydigan tanin mavjud. Agar inson bu ichimlik bilan ovqatlansa, yurak va boshqa mushaklarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalsiy yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.
Bundan tashqari, bu paratiroid gormoni darajasining oshishiga olib keladi.
«Patiroid gormonining asosiy vazifasi qonda yetarli miqdorda kalsiyni ta’minlashdir va u kalsiyni zaxiralardan, ya’ni suyaklar va tishlardan ajratib olishni boshlaydi va ularni yanada mo‘rt qiladi», dedi mutaxassis Sputnik bilan suhbatda.
Avvalroq qahvaning semiz insonlar uchun foydasi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter