Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasida tekshiruv o‘tkazildi. Nega?
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyaning Sirdaryo viloyati inspektorlari tomonidan Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasida nazorat o‘tkazildi.
Birlashmaga qarashli tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash uskunalari davlat metrologik qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmasdan foydalanilayotganligi aniqlandi.
Mazkur uskunalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tibbiyotda qo‘llaniladigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash uskunalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»qaroriga, asosan davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilishi belgilab o‘tilgan.
Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasi «Metrologiya to‘g‘risida»gi, Qonuni 16, 20-moddalari talablariga amal qilinmagan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter