Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda surunkali kasallarga dorilar bepul beriladi

Sirdaryoda surunkali kasallarga dorilar bepul beriladi

Tajriba-sinov loyihasi doirasida surunkali kasalliklarni (yuqori qon bosimi, qandli diabet, astma) shifokor tomonidan yoziladigan elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan biriktirilgan 11 turdagi dori vositalari bilan ambulator davolanishini tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.

Bunda dorixonalar dori vositalarini bemorlarga bepul berish hamda ularning xarajatlarini jamg‘arma shartnoma va elektron tarzda yuborilgan schyot-fakturalar asosida qoplab berishi rejalashtirilgan. Bunda dori vositalarining narxlari Fermatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan har oy e’lon qilib boriladi.

Prezidentning 2020 yil 12 noyabrda qabul qilingan «Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan viloyatda ko‘plab yangiliklar amalga oshirilgan.

Xususan, oilaviy shifokor punkti (OShP)da oilaviy shifokor faoliyatini yangicha tizimda tashkil qilish, kafolatlangan paket asosida laborator tekshiruvlar o‘tkazish, bemorlarni mutaxassislarga yo‘llash borasida tizim ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Eng muhimi, tibbiyot muassasiga kelgan bemorlar navbatda turish tashvishidan xalos bo‘lishdi, ular oldindan, o‘ziga qulay vaqtda elektron navbatga yoziladi.

— Sirdaryo viloyati sog‘liqni saklash boshqarmasi tizimida 63 ta mustaqil tibbiyot tashkiloti va uning tarkibida 152 ta muassasa faoliyat yuritadi, — deydi Guliston shahar tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Yu.Mirxonov. — Moliyalashtirishning amaldagi tizimi ajratilayotgan mablag‘larning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan. Bunda samarasiz xarajatlar 40 foiz, profilaktika ishlari uchun xarajatlar 40, statsionar davolash uchun xarajatlar 60 foizdan ko‘proq bo‘lgan. 90 foiz mablag‘ ish hakiga, 10 foiz mablag‘ esa tibbiy xizmatlar uchun sarflangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring