Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi: ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yishmoqchi

Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida istiqomat qiluvchi Oxunovlar oilasida bir yo‘la 3 nafar egizak farzand dunyoga keldi.
Xabarga ko‘ra, egizaklarga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilda uch egizaklarning tug‘ilishi har yilgidan ko‘proq kuzatilmoqda. Masalan, Farg‘onada tug‘ilgan chaqaloqlarni Shavkatjon (O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga), Ziroatxon (O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga) va Saidaxon (O‘zbekiston Prezidentining katta qizi Saida Mirziyoyeva sharafiga) deb ism qo‘yishgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter