Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ToshPTI klinikasi bosh shifokori vafot etdi

ToshPTI klinikasi bosh shifokori vafot etdi

Sog‘liqni saqlash sohasi og‘ir judolikka uchradi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori Gulrano Usmonova vafot etdi, deb xabar berdi SSV axborot xizmati.

G.Usmonova 1953-yil 14-aprelda tug‘ilgan. 1976-yilda O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini tamomlab, ushbu oliy o‘quv yurtida turli lavozimlarda faoliyat yuritdi. 2008-yildan to shu kunga qadar esa Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori lavozimida uzluksiz va samarali ishladi.

Uning rahbarligida klinika faoliyatida tub ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Mahoratli rahbar bo‘lishi bilan birga, katta klinik tajriba va chuqur bilimga ega bo‘lgan pediatr sifatida og‘ir, murakkab bemorlarni davolash orqali minglab kasallarni hayotga qaytarishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. O‘zining insonparvarligi, xalqchilligi tufayli jamoatchilik o‘rtasida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘ldi.

G.Usmonova «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni hamda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

«Xabar.uz» tahririyati Gulrano Usmonovaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring