Super kontraktga ariza berishning so‘nggi kuni belgilandi
![Super kontraktga ariza berishning so‘nggi kuni belgilandi](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_230814365.jpg)
2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021 yil 1 oktyabr kuni etib belgilandi.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1 oktyabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter