Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda bo‘rini terisini shilgan shaxs jarimaga tortildi

Surxondaryoda bo‘rini terisini shilgan shaxs jarimaga tortildi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda «Sangardak» mahallasida noma’lum shaxslar tomonidan bo‘rining terisi shilib olinayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu holat Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani «Sangardak» mahallasida yashovchi fuqaro T. F. tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Fuqaro T.F bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunning 42-moddasi va «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 17,27-moddalari talabini buzganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima belgilandi.

«Shundan so‘ng bu kabi holatlar yana sodir etilmasligi uchun «Sangardak»  mahallasi aholi vakillari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga tabiiy muhitda yashayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlash, ularga ziyon yetkazish tegishli qonunlarga asosan javobgarlikka tortilishi batafsil tushuntirildi», deyiladi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring