Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkordan 60 ming AQSh dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs ushlandi

Tadbirkordan 60 ming AQSh dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda tadbirkordan 60 ming AQSh dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda keltirilishicha, fuqaro N.B. «A» MChJ rahbari M.ni Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida qurilishi lozim bo‘lgan umumiy qiymati 7,5 mlrd. so‘mlik maktab binosi va Olmaliq tumanidagi 4,5 mlrd. so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali olib berishga ishontirgan. O‘z-o‘zidan emas, albatta, buning uchun «bor-yo‘g‘i» 6 ta «Neksiya-3» pulini so‘raydi.

Tadbirkor ham anoyi emas — bu haqda darhol tegishli organga murojaat qiladiki, natijada Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, poyabzali chang  bo‘lmay katta pul «ishlamoqchi» bo‘lgan shaxsning qo‘liga kishan taqildi.

Holat bo‘yicha N.B.ga nisbatan  firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari bir maromda ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring