Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli ulamo Abdulatifxon domla vafot etdi

Taniqli ulamo Abdulatifxon domla vafot etdi

Foto: «Namnews.uz»

Islom olamining taniqli ulamosi, uzoq yillar diniy idorada xalqimizga beminnat xizmat qilgan muhtaram Ustoz Abdulatifxon hoji domla 88 yoshda vafot etdi, deb xabar bermoqda «Namnews.uz».

Abdulatifxon domla Sultonmahmudov Maxdum domla 1930 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1952-yili «Mir Arab» madrasasiga o‘qishga kiradi. U kishi madrasani a’lo baholarga tugatgach, shu yerda arab tili o‘qituvchisi bo‘lib ishga qabul qilinadi.

1960–1962-yillarda Suriya davlat universitetining shariat fakultetida tahsil oladi. Qaytgach, diniy nazorat kutubxonasida faoliyat olib bordi. 1963–1968-yillari «Mir Arab» madrasasida mudarris va ilmiy mudir, 1968–1972-yillarda mudir bo‘lib ishlaydi.

Abdulatifxon Maxdum domla 1973-yili Namanganga qaytib, «Shayx Eshon» jome masjidida (1977–1980), keyinchalik «Maxdum Eshon» masjidida imom-xatib bo‘lib ishlaydi. 1991-yili Namanganda «Mulla Qirg‘iz» (hozirgi «Hidoya») madrasasi ochilganidan keyin, ko‘p yillar ushbu diniy ta’lim dargohida tafsir ilmidan dars bergan.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdarlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring