Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashabbusli budjet»ga ovoz berish yakunlandi, g‘oliblar e’lon qilindi

«Tashabbusli budjet»ga ovoz berish yakunlandi, g‘oliblar e’lon qilindi

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

«Tashabbusli budjet»ning 2025 yil 2-mavsumi doirasidagi loyihalarga ovoz berish bosqichi nihoyasiga yetdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasman e’lon qildi.

«Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 2-mavsumi 1-bosqichi 15-iyuldan 3-avgustgacha o‘tkazilib, unda loyihalar ro‘yxatga olindi.

So‘ngra 4-avgustdan 18-avgustgacha saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 19-avgustdan 21-avgustgacha targ‘ibot bosqichi o‘tkazilgan bo‘lsa, 22-avgustdan 31-avgustga qadar loyihalarga ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topildi.

G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan shu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring