Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida Janubiy Koreyadagi yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan birining filiali ochiladi

Toshkent shahrida Janubiy Koreyadagi yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan birining filiali ochiladi

Foto: asiarisingtv.com

Toshkent shahrida Koreya Respublikasi yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan birining faoliyatini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi qarorda so‘z boradi.

Hujjatda yozilishicha, Janubiy Koreyadagi yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan birining filialini ochish taklifi Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari ham «AKFA MEDLINE» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan.

Qarorga muvofiq Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda «AKFA MEDLINE» MChJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish markazi tashkil etiladi. Koreya Respublikasining ilg‘or klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejment masalalari bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribasini o‘rganish va mamlakatimiz tibbiyotiga joriy etish uchun ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi. «AKFA MEDLINE» mas’uliyati cheklangan jamiyatining hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha takliflari ma’qullansin.

Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring