Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi 44 yoshida vafot etdi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi 44 yoshida vafot etdi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Xayrulloh domla Turmatov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ta’lim olgan, mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyatidagi «Chetsuv», «Qorabog‘», «Zangiota» jome masjidlari imom-xatibi, Angren shahri bosh imom-xatibi va Toshkent viloyati bosh imom-xatibi vazifalarida xizmat qilgan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring