Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Dubay Amirligi hokimiga «Yil odami» mukofoti topshirildi

Toshkentda Dubay Amirligi hokimiga «Yil odami» mukofoti topshirildi

Foto: O‘zA

Bugun Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni. Shu munosabat bilan  Toshkent shahridagi «City Palace» mehmonxonasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan  «Yil odami» mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

— O‘zbekiston tarixida ilk marotaba jamoat tashkiloti «Yil odami»ni e’tirof etmoqda, bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi, — dedi jamoatchilik komissiyasi hay’at raisi A.Ko‘chimov. — Federatsiya hay’ati 2018-yilning «Yil odami» deb Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylarini xalqaro miqyosda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun «Yil odami» sovrini bilan taqdirlashga qaror qildi. Chunki 50 yillik davlat boshqaruvi tajribasiga ega, «Zamonaviy Dubay me’mori» deya e’tirof etilgan Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari 13 yildan beri Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. Olamshumul loyihalar amalga oshirilmoqdaki bugun Dubay shahri har tomonlama rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi.  Qisqa vaqt mobaynida mamlakat har tomonlama gullab yashnadi, dunyodagi eng yirik moliya markazlari qatoriga qo‘shildi.

Shundan so‘ng Rashid Ali al-Mazrui janobi oliylariga Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari mukofotlangan «Yil odami» nishoni va sertifikati topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring