Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda karantindan so‘ng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga ko‘payishi mumkin

Toshkentda karantindan so‘ng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga ko‘payishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimligida koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan ishlar muhokama etilgan.

Yig‘ilishda aytilishicha, poytaxtda karantin o‘tganidan so‘ng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga ko‘payishi prognoz qilinmoqda.

Shu sabab hozirda shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari boshqa qator sohalar rahabarlari bilan birgalikda ularni IT yo‘nalishidagi tadbirkorlikka jalb etish, ko‘nikmalarini rivojlantirish, sektorlar bilan yuzaga keluvchi muammolar yechimi ustida ishlayotganliklari ham aytib o‘tildi.

Shuningdek, onlayn darslar televideniyening 3ta kanali orqali muntazam berib borilmoqda va bunga Toshkent shahridan 188 nafar o‘qituvchilar, 50 nafar sportchilar, 100 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari jalb etilgan bo‘lib, yig‘ilishda ular Toshkent shahar hokimiyati tomonidan rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga karantin tugashi bilan poytaxtimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni 93 foizdan 100 foizga ko‘tarish hamda 6 yoshli bolalarni (100 foiz)maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish masalasi ham muhokama qilingan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring