Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Oliy sudning muhtasham binosi quriladi

Toshkentda Oliy sudning muhtasham binosi quriladi

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Bugun, 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari bosh muharrirlarining Oliy sud raisi Kozimjon Komilov bilan ochiq muloqoti tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

Muloqot davomida mamlakatimizda yangicha qiyofadagi sud binolarining qurilishi bo‘yicha ham ma’lumot berildi. Aytilishicha, Toshkent shahrida Oliy sudning muhtasham binosi quriladi. Loyihaga ko‘ra, asosiy binoning balandligi 20 qavatdan oshadi. Uning yonida sud zallari binosi, fuqarolarni qabul qilish, xodimlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun komplekslar, sudyalar uchun turar-joy (9, 16 qavatli) va boshqa ob’yektlar joylashadi. Ishlar rejadagidek ketsa, bu muhtasham majmua 2 yil ichida qurib bitkaziladi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Shuningdek, Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida va boshqa viloyatlarda ham sudning zamonaviy binolari qurilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring