Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qimmatbaho toshni 220 000 AQSh dollariga sotayotganlar ushlandi

Toshkentda qimmatbaho toshni 220 000 AQSh dollariga sotayotganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar H.X., M.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, 1 dona (haqiqiy bahosi 30 mln so‘m bo‘lgan) tabiiy toshni 220 000 AQSh dollariga qonunga hilof ravishda o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 4 ta tabiiy tosh hamda simob moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, toshlarning sof og‘irligi 333,8 grammni tashkil etib, tarkibi rubin, kvars, flyuorit, granat, pirop va sapfir birikmalardan iborat tabiiy qimmatbaho tosh ekanligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring