Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yo‘llarida bir hafta ichida 12 mingdan ziyod qoidabuzarliklar aniqlandi

Toshkentda yo‘llarida bir hafta ichida 12 mingdan ziyod  qoidabuzarliklar aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan joriy yilning 21-noyabridan 28- noyabriga qadar jami 12391 ta qoidabuzarliklar aniqlangan, bulardan 1634 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar sanaladi, deya xabar bermoqda IIBB YHXB matbuot xizmati.

 Shuningdek, 45 nafar haydovchilar transport vositasini mast holda boshqarganligi, 84 nafar haydovchilar svetoforning taqiqlovchi qizil chiroqlariga bo‘ysunmaganligi, 900 nafar haydovchilar odam tashish qoidasini buzganligi, 441 nafar haydovchilar to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganligi uchun chora ko‘rilgan, 1799 nafar piyodalar yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tganligi uchun chora ko‘rilgan.

 77 nafar haydovchilar transport vositasining oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgan holatda harakatlanganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring