Toshkentning qator hududlari gazdan vaqtincha uziladi

Yangihayot tumanining qator hududlarida gaz ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda «Hududazta’minot» xabar berdi.
Bugun soat 11:00 - 17:00 vaqt oralig‘ida «Sputnik» 5-7-15 mavzelaridagi ko‘p qavatli 30 ta uylarning - 976 ta aholi va 11-12-13-14 mavzelaridagi «Chortoq», «Rayhon» va «Daryo bo‘yi» ko‘chalaridagi - 1377 ta yerli xonadonlari hamda manzildagi - 69 ta ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter